“SIRDARYO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TOMONIDAN QUYOSH PANELLARI О‘RNATILMOQDA
Bugungi kunda dunyo bo’yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalariga, yaʼni “yashil energiya”ga o‘tish jarayonlari ketmoqda. Joriy yil 10-iyun kuni Davlatimiz rahbari raisligida iqtisodiy tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish bo’yicha o'tkazilgan selektoridagi topshiriqlariga asosan “Sirdaryo HETK” AJda ham quyosh panellari o‘rnatilmoqda.
Ushbu quvvati 10 kVt bo‘lgan quyosh elektr panellarini o‘rnatish ishlari hamda 4 ta jami 800 litrlik quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Buning natijasida bir yilda 50,0 ming kVt•soat atrofida elektr energiyasi tejalishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek korxona tomonidan yana 10 kVt quyosh panellari o‘rnatish ishlari ham reja qilib olingan.
“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.