ALOQA UCHUN

KAFTARXONA MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANADI

KAFTARXONA MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANADI

“Samarqand shahar, Kaftarxona mahallasida ham “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Xususan, mazkur mahalla hududida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida bir dona transformator punkti va 90 ga yaqin temir beton ustunlari o‘rnatish hamda 4 km. elektr uzatish tarmog‘iga SIP kabellari tortish ishlari amalga oshirildi.

Ayni kunlarda ham shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan shahar hududidagi mavjud elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlari davom ettirilmoqda.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 18.10.2022
  • 755
Sayt xaritasi