AMALIY ISHLAR HUDUDLAR KESIMIDA DAVOM ETMOQDA
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish orqali hududlarda aholi farovonligi va turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsad qilingan. Аyni kunlarda "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan viloyati boʼylab qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yangibozor tumanining “Qiyot” va "Xalqobod" mahallalarida ham dastur doirasida 202 ta yangi temir-beton tayanch ustunlari o’rnatilib, 39 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi va yangidan tortildi. Mahalladagi mavjud transformator yuklamasini kamaytirish maqsadida yangi 2 ta 160 kVА quvvatga ega transformator ham oʼrnatildi. Qolaversa, dastur doirasida 12 ta transformator punktlarini ta`mirdan chiqarildi. Bu esa mahalladagi xonadonlarning elektr energiyasi sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.
"Xorazm HETK" АJ tomonidan viloyat aholisini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi amaliy ishlar hududlar kesimida davom etmoqda.
"Xorazm HETK" AJ matbuot xizmati.