ALOQA UCHUN

DAVLAT VA SHARTNOMAVIY XIZMATLAR KО‘RSATISH TIZIMINI TUBDAN ISLOH QILISH BО‘YICHA YIG‘ILISH О‘TKAZILDI

DAVLAT VA SHARTNOMAVIY XIZMATLAR KО‘RSATISH TIZIMINI TUBDAN ISLOH QILISH BО‘YICHA YIG‘ILISH О‘TKAZILDI

“Sirdaryo  HETK” AJ majlislar zalida Davlat va shartnomaviy xizmatlar koʼrsatish tizimini yanada rivojlantirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga  qaratilgan tanqidiy yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning mas’ul xodimlari qatnashchilarga Vazirlar Mahkamasining 555-sonli qaror talablari asosida yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan muddatlarda elektr tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, kelgusida Davlat va shartnomaviy xizmatlar koʼrsatish tizimini rivojlantirish bo’yicha, barcha ETKlardagi masʼul xodimlar tomonidan oʼz xizmat vazifalariga jiddiy yondashishlari hamda shartnomalar boʼyicha ishlarni o’z vaqtida tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

“Sirdaryo  HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 14.10.2022
  • 921
Sayt xaritasi