ALOQA UCHUN

"NAMANGAN HETK" AJga BOSH DIREKTOR TAYINLANDI

"NAMANGAN HETK" AJga BOSH DIREKTOR TAYINLANDI

Bugun, 13 oktabr kuni "Namangan HETK" AJ Majlislar zalida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyev hamda Namangan viloyati hokimining о‘rinbosari ishtirokida yig‘ilish bо‘lib о‘tdi. Unda tashkiliy masala kо‘rildi.

"Namangan HETK" AJ direktorining birinchi о‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Adxamjon Karaboyev "Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ bosh direktori lavozimiga tayinlandi

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ raisi U. Mustafoyev Adxamjon Karaboyevga  kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, "Namangan HETK" AJ tomonidan iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishga qaratilgan say-harakatlar tizimli davom ettirilishiga ishonch bildirdi.

Ma’lumot о‘rnida. Karaboyev Adxamjon 1985 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yilda Namangan muhandislik pedagogika institutinining Muhandis-elektrik yо‘nalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini “Elektrqishloqqurilish” OAJ 11-sonli Mexanizatsiyalashgan jamlanma elektromontyoridan boshlab, keyinchalik “Namangan HETK” AJda turli mas’ul lavozimlarda, Namangan tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ texnik direktorning past kuchlanishli tarmoqlar bо‘yicha о‘rinbosari, Jamiyat Texnik direktori va 2022 yildan hozirgi vaqtga qadar “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Bosh direktori v.v.b lavozimida faoliyat olib borgan.

"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 13.10.2022
  • 1885
Sayt xaritasi