ALOQA UCHUN

FARGʻONA HAMDA MARGʻILON SHAHARLARI ISTE'MOLCHILARINING ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

FARGʻONA HAMDA MARGʻILON SHAHARLARI ISTE'MOLCHILARINING ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

220/110/10 kVli “Farg‘ona” podstansiyasi asosan Marg‘ilon shahrini hamda Farg‘ona shahrining ayrim hududlarini podstansiyadan chiquvchi 8 ta elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

2022-2023 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mazkur podstansiyadan chiquvchi 10 kVli “Surhtepa”, “Boltako‘l”, “Cho‘lquvar-1”, “Cho‘lquvar-2”, “TRZ-1”, “TRZ-2”, “Nurafshon”, “Gazapparat” elektr uzatish tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, mutahassislar tomonidan joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

Joriy ta’mirlash ishlari jarayonida yuqoridagi uzatmalarda nosoz tayanchlarni to‘g‘rilash, salqi simlar tarangligini tortish, nosoz izolyatorlarni yangisiga almashtirish ishlari bajarildi.

Endilikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalarni oldini olish maqsadida mazkur uzatmalarning boshlanish kabel qismlari to‘liq yangi kabel tarmog‘iga almashtirilib, uzatmalar boshlanishi qismidagi tayanchlar yangilandi.

Umumiy hisobda 3,0 km uzunlikdagi kabel tarmog‘ini almashtirilishi Farg‘ona hamda Marg‘ilon shaharlaridagi jami 11,0 mingga yaqin aholi hamda 400 dan ortiq ulgurji iste’molchining elektr ta’minoti yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Mavsumni betalofat o‘tkazish hamda iste’molchilarga sifatli elektr enerigyasi yetkazib berish maqsadida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 13.10.2022
  • 990
Sayt xaritasi