JARAYON: KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Ma’lumki, mamlakatimizda joriy kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazilishini ta’minlash, joylarda ayniqsa, qishloqlarda ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’yektlarini barqaror ishlashga tayyorlash, jumladan, elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshloq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 0,4-6/10 kVli elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarini bosqichma-bosqich yangilash va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarida mahallalarda elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari ketmoqda. Ayni kunlarda tumandagi “Yakkavut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga 1,2 km uzunlikdagi yangi tarmoq tortilmoqda, “Xamrak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga esa bugungi kunda yangi temir-beton tayanchlari o‘rnatilmoqda.
Bundan tashqari mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.