MAVSUMGA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA
Ayni kunlarda “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari Andijon shahrining bir nechta hududlaridagi ko’p qavatli uylarda olib borilmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad esa aholini mavsumdan betalofat olib chiqishga qaratilgan.
Hozirda soha zahmatkashlari tomonidan Andijon shahrining 1-kichik daha “Yoyilma” MFY hududidagi ko’p qavatli uylarning elektr ta’minotidagi muammo va kamchiliklari bartaraf etilmoqda.
Ular tomonidan ushbu ko'p qavatli uylarning kirish qismidagi elektr javonlari to'la ta'mirlanib, eski yaroqsiz holatga kelib qolayotgan simlar yangilandi va hisoblagichni ishlash holati tekshirilmoqda.
Shuningdek, yuzaga kelayotgan yer osti kabellaridagi favqulotda holatlarni oldini olish maqsadida mahalla hududiga 6 dona temir beton tayanchlar o’rnatilib, 0,4 kVli havo tarmoqlari tortilmoqda.
"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.