ISTE'MOLCHILARNI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLASHNING SIFATI OSHIRILMOQDA
Iste'molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham soha vakillari kecha-yu kunduz ishlamoqda.
Jumladan, 30 mingdan ziyod iste’molchisi mavjud Qiziltepa tumanida ham sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. Birgina tumanning “Bo’lakrabot” mahallasiga 586 dona temir-beton tayanchlari almashtirilib, jami 18 km 04-10 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari, 5 dona transformator punktlarini o’rnatish ishlari yakuniga etkazilmoqda.
Ayni vaqtda ishchi-xodimlar tomonidan aholi xonadonlarini tarmoqqa ulash ishlari olib borilmoqda. Amaliy ishlarning yakuni bo’yicha “Bo’lakrabot” hududida mavjud 500 dan ortiq xonadon sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Xonadonlardagi yorug‘lik hamda iqtisodiy barqarorlik ertangi kunimizning hal qiluvchi muhim omili bo‘lib, bu boradagi sa’y-harakatlar zamirida aholi farovonligini oshirish va turmush hayotini yanada yaxshilash maqsadi mujassamdir.
"Navoiy HETK" АJ matbuot xizmati.