“TOZABOZOR” VA "O’ZBEKISTON" MAHALLALARIDA ELEKTR ENERGIY TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” Davlat dasturiga asosan “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJning barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan rejali ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, Bog’ot tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan “Tozabozor” va "O`zbekiston" mahallalarida elektr tarmoqlarini yangilash borasida joriy yilning o`zida katta ko`lamdagi ishlar amalga oshirildi. Shu kungacha 300 dan ortiq yangi turdagi temir ustunlar o`rnatilgan bo`lsa, 49,5 km uzunlikdagi yangi elektr uzatish tarmoqlari tortilib, mavjudlari joriy ta`mirdan chiqarildi.
18 ta transformator punkti esa joriy ta`mirdan chiqarildi. Endilikda 4 ta har xil kuchlanishdagi qo`shimcha transformator o`rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Iste`molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.
“Xorazm HETK” AJ matbuot xizmati.