YANGIYER SHAHRIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK
“Sirdaryo HETK” AJ tasarrufidagi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari tomonidan kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va belgilangan mukammal va joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshirish borasida rejaga asosan ishlar amalga oshirilmoqda.
Yangiyer shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan shahar hududidagi 20 dona transformator punktlari va 37,5 km elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirdan chiqarish reja qilib olingan bo’lib, bugungi kunda 16 dona transformator punkti hamda 37,5 km havo tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.
Shuningdek, xodimlarimiz tomonidan 70 km dan ortiq elektr uzatish tarmoqlari 51 dona transformator punktlari joriy ta’mirlandi.
Yangiyer shahar elektr ta’minoti korxonasi reja-grafigiga asosan 15 oktyabr holatiga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasidahi ishlar yakuniga yetkazilishi ko’zda tutilgan.
“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.