ALOQA UCHUN

BULUNGʻURDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA

BULUNGʻURDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Bulung‘ur tumanidagi Chorbog‘ hamda Bog‘bon mahallalarida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Mazkur mahallalarda birgina elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 5 km. elektr uzatish tarmog‘i qurish, 2 dona yangi transformator punkti va 130 dan oshiq temir-beton ustuni o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Hozirgi kunda mazkur mahallalarda temir-beton ustunlari o‘rnatish ishlari yakunlanib, SIP kabellari tortish ishlari bajarilmoqda.

Bundan tashqari, aholiga sifatli va barqaror elektr energiyasi ta’minoti yetkazib berish maqsadida tuman hokimligi tashabbusi bilan 409 dona temir-beton ustuni, 14 ta transformator punkti olib kelinib, “og‘ir hudud” deb belgilangan mahallalarga o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tumandagi mavjud transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmolarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 05.10.2022
  • 1123
Sayt xaritasi