ALOQA UCHUN

“OBOD QISHLOQ” , OBOD BULOQBOSHI

“OBOD QISHLOQ” , OBOD BULOQBOSHI

Yurtimizning har bir go‘shasi kundan-kunga obod bo‘lmoqda. Bu albatta, mamlakatimizdagi tinchlik-xotirjamlik,  xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar samarasidir. Jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Buloqboshi tumanida keng ko‘lamli qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun tumanda bo‘layotgan o‘zgarishlar har qanday kishining havasini keltiradi.

Ayniqsa dastur doirasida aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishni maqsad qilgan Buloqboshi tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari ham tinim bilmay mehnat qilmoqdalar. Ularning maqsadi dasturga kiritilgan hududlarni sifatli darajada qurib yakuniga yetkazish.


Hozirda soha xodimlari tomonidan dasturga kiritilgan  “Uchtepa” mahallasining Bo’ston ko’chasida 98 dona temir-beton tayanchlar o’rnatilib, 2 km uzunlikda yangi tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.

Bu boradagi ishlar albatta, yurtimiz rivojiga, aholining turmush farovonligini yanada oshirishga, odamlarning hayotidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 04.10.2022
  • 638
Sayt xaritasi