ALOQA UCHUN

35/6 KVLI «XO'JAYLI-2» PODSTANTSIYASIDA JORIY VA MUKAMMAL TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

35/6 KVLI «XO'JAYLI-2» PODSTANTSIYASIDA JORIY VA MUKAMMAL TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

"Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning nimstantsiyalar xizmati xodimlari tomonidan Xo'jayli tuman elektr ta'minoti korxonasining 35/6 kVli «Xo'jayli-2» podstantsiyasida belgilangan yillik reja-jadvali asosida joriy va mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinib, me'yorda ishlash holati ta'minlanmoqda. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida tarmoqlarda mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, joriy ta'mirlash ishlarining o'z vaqtida olib borilishi elektr qurilmalari mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo'lgan talofatli o'chishlarning oldini olishga va oldimizdagi kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazishga xizmat qiladi.

Bu nimstantsiyadan jami 8000 iste'molchi elektr energiya bilan ta'minlanadi, shundan 7400 ta maishiy va 600 ta yuridik iste'molchilarni elektr energiya bilan ta'minlaydi.

“Qoraqalpoq HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 03.10.2022
  • 723
Sayt xaritasi