KUZ-QISh MAVSUMIGA “NAVRO'Z” MAHALLASIDA PUXTA TAYYORGARLIK KO`RILMOQDA
Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga kirib kelishi bilan elektr energiyasiga bo'lgan talab ham oshib bormoqda. Isteʻmolchilarga sifatli elektr energiyasi etkazib berish uchun “Xorazm HETK” AJ tomonidan tegishli choralar ko'rilmoqda. Shu bilan birga barcha hududlarida "Obod qishloq" Davlat dasturlari doirasida yangi elektr tarmoqlari qurilib, mavjudlari taʻmirlanmoqda.
Jumladan, Urganch shahridagi "Navro'z" mahallasida Dastur asosida 18,8 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari qurilib, mavjudlari mukammal taʻmirdan chiqarildi. Eski yog'och elektr ustunlari o'rniga 105 ta yangi temir beton ustunlar o'rnatildi.
Bundan tashqari 17 har xil turdagi transformator punktlari joriy va mukammal taʻmirdan chiqarilib, ko'shimcha 2 ta transformator punkiti o'rnatilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur mahalladagi 323 tadan ortiq xonadon egalari elektr energiyasi yaxshilanganidan juda mamnun.
"Xorazm HETK" AJ matbuot xizmati.