YURTIMIZNING HАR BIR GOʼSHАSI OBOD MАSKАNGА АYLАNMOQDА
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirib kelinayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida olis-olis qishloqlarimizda ham bunyodkorlik ishlari avj olib, yurtimizning har bir goʼshasi obod maskanga aylanmoqda.
Navoiy viloyatining Nurota tumani “Jarma” mahallasida ayni paytda 1000 dan ortiq aholi xonadonlari istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu mahalla tarkibidagi koʼchalar ham dasturga kiritilgan boʼlib, hozirda mahallaga 9,8 km 0,4-10 kVАli tarmoq tortilib, 570 dona temir-beton tayanchlar tiklandi.
Shuningdek, hududga 6 dona har hil quvvatdagi transformator punkti oʼrnatilishi rejalashtirilgan.
Аlbatta, dastur asosida viloyat boʼylab amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladigan boʼlsak, chekka-chekka qishloq va ovullarda yillar mobaynida yigʼilib qolgan turli muammolar samarali yechim topayotganligini koʼrish mumkin.
"Navoiy HETK" АJ matbuot xizmati.