ALOQA UCHUN

NAMANGANDA ELEKTR ENERGIYASIDAN QARZDOR ULGURJI ISTE’MOLCHILARDAN MABLAG‘ UNDIRISH CHORALARI KО‘RILMOQDA

NAMANGANDA ELEKTR ENERGIYASIDAN QARZDOR ULGURJI ISTE’MOLCHILARDAN MABLAG‘ UNDIRISH CHORALARI KО‘RILMOQDA

Joriy yil o‘tgan sakkiz oy davomida Namangan viloyati aholisi va ulgurji iste’molchilariga umumiy 1 152 984,7 million sо‘mlik, shundan aholi iste’molchilariga – 249 676,7 mln. sо‘m, ulgurji iste’molchilar uchun – 903 308,0 mln. sо‘mlik elektr energiyasi yetkazib berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun о‘z vaqtida tо‘lovlarni amalga oshirmagan ulugurji iste’molchilardan qarzdorlikni undirish yuzasidan amaliy choralar kо‘rilmoqda.

Yuqoridagi qarorda ulgurji iste’molchilar 100 foiz oldindan haq tо‘lash asosida elektr energiyasi uchun tо‘lovlarni amalga oshirishi belgilangan bо‘lsada, taassufki mazkur qoidalarni qо‘pol ravishda buzib о‘z vaqtida elektr energiyasidan mavjud qarzdorlikni sо‘ndirmasdan yoki qarzdorlik sabab tarmoqdan uzilishiga qaramay, о‘zboshimchalik bilan turli yо‘llar orqali qayta tarmoqqa ulanib olayotganlar ham uchramoqda.

Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, о‘tkazilgan о‘rganishlar davomida vujudga kelgan qarzdorlikni  bartaraf etish maqsadida joriy yilning о‘tgan davrida viloyat bо‘yicha 890 405,1 million sо‘m miqdoridagi mablag‘ undirilishi bо‘yicha tegishli choralar kо‘rilganligi ayon bо‘ladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

 

  • 29.09.2022
  • 682
Sayt xaritasi