ALOQA UCHUN

FARG‘ONADA MAVJUD PODSTANSIYALAR MUKAMMAL TA’MIRDAN CHIQARILMOQDA

FARG‘ONADA MAVJUD PODSTANSIYALAR MUKAMMAL TA’MIRDAN CHIQARILMOQDA

Ma’lumki, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda mavjud 35-110 kV kuchlanishli podstansiyalar asosiy bо‘g‘in hisoblanadi. Elektr energiyasi barqarorligi va ishonchliligi ham aynan mazkur tarmoqlar podstansiyalariga bog‘liq.

Joriy yil birinchi choragida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan ishlab chiqilgan manzilli dastur asosida respublikamiz hududlaridagi mavjud podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgandi. 

Jumladan, Farg‘ona viloyatidagi mavjud 174 ta podstansiya holati о‘rganilib, ta’mirga muhtojlari ajratib olindi hamda ularni mukammal ta’mirdan chiqarish yuzasidan tegishli choralar kо‘rildi.

Ahamiyatlisi, mavjud podstansiyalarda texnik hujjatlar olib borilishi, ASKUE tizimi joriy etilganligi, hisob-kitoblar tо‘g‘riligi, raqamlashtirish jarayonlari borishi, bundan tashqari mukammal va joriy ta’mirlash, podstansiyalar hududi va atrofini obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish yuzasidan tadbirlar о‘tkazildi. Shu bilan birga, 35-110 kV podstansiyalarda 21 dona о‘chirgich va 4 dona kuch transormatori mukammal ta’mirdan chiqarildi.

Shu о‘rinda 2022 yilning о‘tgan davri mobaynida tanlab olingan 19 ta podstansiyada yuqorida keltirilgan ishlar tо‘liq yakunlanganligini aytib о‘tish joizdir.

Jumladan, Qо‘shtepa, Toshloq hamda Yozyovon tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Dehqonobod” podstansiyasida ham bu borada qator qator amaliy ishlar bajarildi.

Bu yerda har birining quvvati 10 000 KVt bо‘lgan 2 dona kuch transformatori о‘rnatilganligi, ular yordamida 3 ta – 35 kVli, 4 ta – 10 kVli elektr uzatish tarmoqlari orqali iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilayotganligini alohida ta’kidlab о‘tish kerak.

Mazkur podstansiya hamda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida, shuningdek, yuklama hosil bо‘lmasligini oldini olish maqsadida qо‘zg‘aluvchi va qо‘zg‘almas kontaktlar qismlarga ajratilib, yaroqsizlarini almashtirish hamda о‘chirish kamerasidagi qо‘zg‘aluvchan kontaktlarni tozalash kabi ishlar samarali yakuniga yetkazildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 29.09.2022
  • 1238
Sayt xaritasi