АNDIJON VILOYATIDА “MАSHINАSOZLIK VА ELEKTROTEXNIKА MАXSUS SАNOАT XАBI” BАRPO ETILMOQDА
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 may kungi “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 5128-sonli qarori hamda 2021 yil 17 sentyabr kungi “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi chegarasini belgilash va tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 582-sonli qarorlariga muvofiq Аndijon viloyati, Аndijon tumanining “Terakzor” MFY hududida “Mashinasozlik va elektrortexnika maxsus sanoat xabi” barpo etilmoqda.
Ushbu sanoat xabiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida 28 km tarmoq hamda 1 dona 110/35/10 kV nimstansiya qurish rejalashtirilgan bo’lib, bu boradagi tizimli ishlar boshlab yuborilgan.
Mazkur sanoat xabini qurishdan koʼzlangan maqsad: mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish boʼyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mahalliy homashyo resurslarini qayta ishlash, import oʼrnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini toʼliq yoʼlga qoʼyish, qulay investitsiya muhitini yaratish hamda yuqori texnologiyali va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, yangi ish oʼrinlari yaratishga va hudud aholisi farovonligini oshirishga hissa qoʼshish maqsadida tashkil etilsh.
Bugungi kunda “Аndijon HETK” АJ tomonidan sanoat xabigi elektr taʼminoti uchun loyiha smeta xujjatlari asosida 110 kV havo tarmogʼi hamda quvvati 40 ming kVА boʼlgan nimstansiya qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.