ALOQA UCHUN

YANGIYER SHAHRIDAGI “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVIGA YANGI TARMOQ QURILMOQDA

YANGIYER SHAHRIDAGI “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVIGA YANGI TARMOQ QURILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2021 yil 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bugungi kunda aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasi har qachongidanda dolzarb mavzu ekanligi, hududlarda ko‘proq bog‘ va xiyobonlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgandi.  

Ushbu yangi massivlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ham reja asosida ishlar yo’lga qoyilgan.   

Yangiyer shahar elektr ta’minoti koxonasi xodimlari tomonidan shahardagi “Yangi O’zbekiston” massiviga temir-beton tayanchlar olib borilib, 2 km 700 metr masofadagi elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

Hozirda xodimlar tomonidan 300 metr uzunlikda yer osti kabellari o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

"Yangi O‘zbekiston" massivida ish jarayonlari davom etmoqda.

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 27.09.2022
  • 923
Sayt xaritasi