“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ VA TARKIBIY KORXONALARI MA’MURIY BINOLARI TOM QISMIGA QUYOSH PANELLARI О‘RNATILMOQDA
Ma’lumki, joriy yil 10 iyunda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari bо‘yicha о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida barcha vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini muqobil energiyaga о‘tkazish bо‘yicha alohida topshiriq berilgandi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va tizim korxonalarida amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish maqsadida “Solar Nature” MCHJ bilan shartnoma imzolanib, ayni kunlarda Jamiyat binosi tom qismiga 192 ta quyosh panelidan iborat quvvati 110 kVt bо‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi о‘rnatish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Hozirda mazkur stansiyani elektr energiya ta’minoti tizimiga ulash ishlari olib borilmoqda. Stansiya tо‘liq ishga tushirilgach, yiliga о‘rtacha 361 350 kVt•soat elektr energiyasi tejalishi kо‘zda tutilmoqda.
Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, bu kabi say-harakatlar elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash, shuningdek, an’anaviy elektr tarmog‘idan uzilgan holda mustaqil ta’minotga ega bо‘lish, moliyaviy tejamkorlikka erishish hamda tarmoq ehtiyojlari uchun qо‘shimcha ekologik toza energiya manbasiga ega bо‘lishga qaratilgandir.
Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha tarkibiy korxonalari binolariga ana shunday qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.