SHAYXONTOHUR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI
Bugun, 16-iyun kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik oʻchiriladi.
«Toshkent shah ETK» AJ tasarrufidagi Shayxontohur tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan «Oqlon» mahallasidagi «Oqlon» masjidining kengayishi hamda rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan hududdagi quvvati 10 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli TP-2762 sonli transformator punktini joyidan boshqa xavfsiz joyga ko'chirish ishlari olib boriladi. Shu sababli, ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Shayxontohur tumanining: "Oqlon" MFY, "Ko`kcha" MFY, "Samarqand darvoza" MFY, "Yangishahar" MFY, "Gulobod" MFY, "Bog` ko`cha" MFYlari hamda Ahil koʻchalarida yashovchi aholi xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchirildi.
Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi Shayxontohur tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan ushbu vaziyatni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.