ALOQA UCHUN

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi” filialida 3 ta rahbarlik boʻsh ish oʻrinlariga tanlov

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi” filialida 3 ta rahbarlik boʻsh ish oʻrinlariga tanlov

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi” filialida quyidagi rahbar lavozimlarda ishlashni xoxlovchi nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qilish boʻyicha taklif qilamiz.

Bizning asosiy faoliyatimiz elektr energetikasini kompleks raqamlashtirish dasturini ishlab chiqish, unda korxonalar resurslarini rejalashtirishni avtomatlashtirish, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy qilishdir.

Nomzodlar quyidagi umumiy talablar asosida koʻrib chiqiladi:

•  energetika va axborot texnologiyalari tizimida oliy ma’lumot va yetarli ish tajriba;

•  МS Wоrd va Excel dasturlarida ishlay olish;

•  rus tilini bilishi (ingliz tili maqsadga muvofiq);

•  jamoaviy ishlash va qiyin vaziyatlarda tezkor fikr yuritish qobiliyati.

 

1.  Billing tizimini joriy qilish va takomillashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimi

Vazifalari:

- “Billing” dasturiy kompleksi  ishonchliligini, barqarorligini va aktualligini ta’minlash;

- “Billing” dasturiy kompleksi  joriy etish va takomillashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;

- “Billing” dasturiy kompleksida yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishni joriy etish, takomillashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;

- “Billing” dasturiy kompleksi funksional bloklarini ishlab chiqish, algoritm va funksiyalarini testdan oʻtkazish;

-  tashqi tizimlari bilan aloqalarni nazorat qilish;

- “Billing” dasturiy kompleksi ishlash jarayoniga tegishli lokal tarmoq administratoriga va ma’lumotlarni qayta ishlash yagona markazi dasturiy ta’minotiga foydalanuvchilar vazifalariga muvofiq  taqsimlash, autenfikatsiya qilish;

- boʻlim faoliyatiga rahbarlik qilish.

Talablar:

•  energetika sohasida 5 yildan ortiq ish tajribasiga ega boʻlishi;

•  IT va operatsion ekspertiza boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlishi;

•  “Billing” dasturiy kompleksida ishlash tajribasi;

•  tarmoq va telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minotida ishlay olishi.

2.  EEHOvaNQAT dasturiy kompleksi bilan ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimi

Vazifalari:

-Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT) Central АМI System (CАS)ga hisoblagichlar va ma’lumotlar konsentratorlari holatini ish kuni davomida nazorat qilish hamda ma’lumotlarni hisobot koʻrinishida shakllantirish;

-dasturiy-apparat komplekslarini va serverlarni ishlash jarayonlarini nazorat qilish;

-EEHO va NQAT ning CАS orqali aniqlangan barcha hodisalarni tahlil qilish, muhimlik darajasiga qarab (oʻgʻirlik, noqonuniy ulanish va h.k.) tegishli muhandislar va elektromontyorlarga hisobot koʻrinishida taqdim etish, tuman(shahar) TETK mas’ul xodimlariga ushbu aniqlanlangan xatoliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berish;

-kunlik hisoblagichlardan olingan hodisalarni EEHO va NQAT ning CАS da TETK xodimlari tomonidan tekshirilganligi qaydnoma koʻrinishida kiritish;

-billing tizimida qarzdorlik tufayli oʻchirilgan iste’molchilarni tarmoqdan uzilishi va toʻlov qilingandan soʻng tarmoqga qayta ulanish jarayonini nazorat qilish;

-boʻlim faoliyatiga rahbarlik qilish.

Talablar: 

•  energetika sohasida 5-yildan ortiq ish tajribasiga ega boʻlishi;

• tarmoq va telekommunikatsiya resurslari, xizmatlari va ilovalari bilan ishlash boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlishi;

•  IТ va operatsion ekspertiza boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlishi;

•  tarmoq va telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minotini loyihalashtirish va amaliyotga tatbiq qilish boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlishi;

•  yuqori samarali tarmoq ishlanmalari va opsiyalarni bilishi;

•  ingliz tili – intermediate darajasida (texnik tushunchalarni bilishi);

•  DOCKER platformasida ishlay bilish;

•  ma’lumotlar bazasida (oracle) ishlay olish;

•  fundamental tarmoq sozlamalari haqida ma’lumotga ega bo’lish;

•  loyihalarni boshqarish boʻyicha mutaxassis.

3.  IT infratuzilmani rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi lavozimi

Vazifalari:

-axborot texnologiyalari va jihozlari ekspluatatsiyasi boshqarish;

-tizim, tarmoq uskunalari va infratuzilmasiga kompleks, ishonchli va sifatli xizmat koʻrsatish;

-internetga ulanish, yuqori unumdorlikka ega boʻlgan tarmoqlarning xavfsizligi, korxona hududida IТ xizmatidan masofadan turib foydalanish va telekommunikatsiya masalalariga javobgarlik;

-dasturiy-apparat komplekslarini va serverlarni ishlash jarayonlarini nazorat qilish;

-boʻlim faoliyatiga rahbarlik qilish.

Talablar: 

•  axborot texnologiyalari sohasida 3-yildan ortiq ish tajribasiga ega boʻlishi;

• tarmoq va telekommunikatsiya resurslari, xizmatlari va ilovalari bilan ishlash boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlishi;

•  IТ va operatsion ekspertiza boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlishi;

•  tarmoq va telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minotini loyihalashtirish va amaliyotga tatbiq qilish boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlishi;

•  yuqori samarali tarmoq ishlanmalari va opsiyalarni bilishi;

 

Nomzodlar oʻz ma’lumotnomalarini  rus yoki oʻzbek tillaridagi (CV wоrd shaklida) vakantaskue@gmail.cом elektron manziliga yoki 94-676-47-47 telegram kanaliga yuborishi soʻraladi. Bogʻlanish uchun 71-207-23-70 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Eslatma: Hujjatlar 2022-yil 18-martgacha qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni komissiya tomonidan koʻrib chiqilmaslik hamda nomzodni keyingi bosqichga qoʻymaslik sabablari va asoslari e’lon qilinmaydi. Tanlovga taqdim etilgan hujjatlarning to’g’riligi uchun nomzod javobgar hisoblanadi.

  • 09.03.2022
  • 1664
Sayt xaritasi