ALOQA UCHUN

ENERGOSAMARADORLIK MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR О‘TKAZILDI

ENERGOSAMARADORLIK MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR О‘TKAZILDI

«O‘zenergoinspeksiya»ning Jizzax hududiy bo‘limi hamda «Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi PQ-4779-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi 217-son qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent-Termiz yo’nalishidagi  М-39 avtomagistralining  Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o’tgan qismida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, umumiy ovqatlanish shahobchalari mas’ullari ishtirokida o’quv seminari tashkil etildi.

Ushbu hududda 142 nafar tadbirkorlik subyektlari, umumiy ovqatlanish shahobchalari mavjud.

O’quv seminarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini rivojlantirish, qishloq joylarida va Respublikaning olis hududlarida jamlash tizimiga ega kichik fotoelektr quyosh stansiyalarini va energiya samarador quyosh isitgichlarini o’rnatish, qayta tiklovchi energiya manbaalarini mamlakat iqtisodiyotiga keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga elektr energiyasining uzluksiz etkazib berilishini ta’minlash borasida batafsil ma’lumotlar berildi.

«Jizzax HETK» AJ мatbuot xizmati.

  • 24.01.2022
  • 1375
Sayt xaritasi