ALOQA UCHUN

JIZZAX YANGILIKLARI

JIZZAX YANGILIKLARI

«Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan viloyatda Davlat dasturlari asosida past kuchlanishli elektr tarmoqlarida modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.

Xususan, Zomin tumanidagi Navoiy QFY, Bosh Pshag‘or MFY, Navbahor ko‘chalarida yashovchi aholi iste’molchilarining murojaatlari o’rganilib, bu erga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661-sonli qaroriga asosan 16 dona temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi, SIP rusumli izolyatsion kabellari orqali 670 metr 0,4 kVli hamda AS-35 sim orqali 650 metr 10 kVli elektr uzatish havo tarmoqlarini tortish ishlari yakuniga yetkazildi.

Bundan tashqari, 60 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 40 kVAli 411-sonli transformator punktini yuklamasini yengillatish uchun qo‘shimcha 1 dona 100 kVAli trasnformator punkti o‘rnatildi.

SH.Rashidov tumani, “Xayrobod” MFY, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi 365 sonli 250 kVAli transformator punktidan chiquvchi eskirib, yaroqsiz holga kelgan elektr uzatish tarmoqlari ham yangilanmoqda.

Xususan, 50 dona temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatilib, shu kunning o‘zidayoq SIP rusumli izolyatsion kabellari orqali 1200 metr 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirildi.

Bu kabi ishlar orqali mahalliy aholining sifatli elektr energiyasiga bo‘lgan talabi qondirilishiga erishiladi, albatta.

«Jizzax HETK» AJ Matbuot xizmati.

  • 10.01.2022
  • 1238
Sayt xaritasi