“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” BО‘LIB О‘TADI
Joriy yilning 1 dekabr kuni soat 14:00 dan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi”da О‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi tomonidan 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tasdiqlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasidagi tadbirlar rejasiga asosan “Ochiq eshiklar kuni” bо‘lib о‘tadi.
Tadbir Jamiyat faoliyati ochiqligini ta’minlash bilan birga, tizimda korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tizimlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlanadi.
“Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etishni istagan barcha fuqarolar, OAV xodimlari va blogerlarni taklif qilib qolamiz.
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur, 6-uy.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.