ALOQA UCHUN

OLMAZOR TUMANINING ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISH SODIR BOʻLDI

OLMAZOR TUMANINING ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISH SODIR BOʻLDI

Bugun, 8-noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tuman hududida joylashgan yuqori kuchlanishli «Bibliotechniy» podstansiyasidan taʼminlanuvchi 10 kVli yer ostidan oʻtgan kabel tarmoqlarining shikastlanishi natijasida avariya holatida oʻchishlar kuzatildi. 

Natijada, hududga elektr energiyasi yetkazib berish jarayonida rejadan tashqari oʻchishlar yuzaga keldi.

Xususan, tuman hududida pudratchi tashkilot tomonidan Olmazor tuman elektr taʼminoti korxonasi bilan kelishmagan holda yer qazish ishlarini olib borilishi natijasida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi PS «Bibliotechniy»dan chiquvchi Texnolog 1-2 quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli kabellariga ekskavator bilan ishlarini amalga oshirayotgan vaqtda avariya sodir boʻlgan. 

Oqibatda Olmazor tumanining «Usta shirin» MFY, «Qorasaroy» MFY, «Shimoliy Olmazor» MFY, «Miskin» MFY larida hamda «Olmazor Siti» hududida yashovchi aholi xonadonlarining elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatildi. 

Ayni paytda avariya oqibatlarini bartaraf etish va elektr taʼminotini tiklash ishlari boʻyicha «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» AJ Olmazor tuman elektr taʼminoti korxonasining maxsus tezkor brigada ishchi guruh tomonidan bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

  • 08.11.2021
  • 8665
Sayt xaritasi