«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATDAGI BIR NECHTA LOVOZIMLARIGA ISHGA TAKLIF QILADI
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ quyidagi bо‘sh ish о‘rinlariga taklif etadi:
- Yig‘ma axborot-tahlil va strategik rivojlanish departamenti - Yetakchi mutaxassis, 2 nafar.
Novatorlik hamda innovatsion g‘oyalari mavjud bо‘lgan, sohaga oid jahon tajribasini о‘rganish va uni tadbiq qilishga qiziqadigan, intiluvchan, ingliz, rus va koreys tillarini biladigan, ma’lumot va axborotlarni tahlil qilish salohiyatiga ega, kompyuter savodxonligi yuqori darajada bо‘lgan yosh mutahassislarga ustuvor darajada e’tibor qaratiladi.
- Transport va yoqilg‘i xizmati – Xizmat boshlig‘i.
- Markaziy buxgalteriya va moliya boshqarmasi – Bosh hisobchi о‘rinbosari, Yetakchi mutaxassis.
- Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish bо‘limi – Bosh mutaxassis.
Nomzodlarga qо‘yiladigan umumiy talablar:
Oliy ma’lumotli, mutaxassisligi bо‘yicha ish staji 5 yildan kam bо‘lmagan, о‘zbek va rus tillarini mukammal biladigan, kompyuter savodxonligiga ega, tajribali, 40 yoshgacha bо‘lgan shaxslar.
Kerakli hujjatlar: Mehnat daftarchasi, pasport nusxasi, diplom nusxasi va ilovasi, ma’lumotnoma (telefon raqami bо‘lishi shart), vaksina olganligi tо‘g‘risida sertifikat.
Nomzodlar tomonidan hujjatlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning info@het.uz elektron pochasiga 2021 yilning 2 noyabriga qadar yuborilishi lozim.
Tel.: 78 150-75-60.