“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ AXBOROT TA’MINOTI XODIMLARI KASB MALAKALARINI OSHIRDILAR
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Jawaharlal Nehru nomidagi О‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi hamkorligida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Axborot ta’minoti boshqarmasi hamda axborot va kiberxavfsizligi bо‘limi xodimlari uchun “Axborot xavfsizligi: ma’lumotlarni himoyalash, tarmoqlar xavfsizligini ta’minlash” mavzuida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi «Raqamli О‘zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur mahorat darslarida tinglovchilarga mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, xususan sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni kо‘zda tutuvchi loyihalar amaliyotga keng tatbiq etilayotgani haqida tushuncha berildi.
Ikki oy davom etgan mahorat darslarida keyingi yillarda global muammolar qatorida tilga olinayotgan virtual hujumlar, ya’ni kiberjinoyatchilik, virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, bundan tashqari bо‘lishi mumkin bо‘lgan taxdidlarni oldini olish uchun nafaqat operatsion tizimlar dasturiy ta’minotini himoyalash va foydalanishni nazorat qilish, balki buzuvchilar turkumini va ular foydalanadigan usullarni aniqlash lozimligi haqidagi ma’lumotlarga ega bо‘ldilar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.