XAVFSIZLIK TEXNIKASI KO‘RIGI BО‘YICHA NAMANGAN VILOYAT BOSQICHI YAKUNLANDI
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan o‘tkazilgan "Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi" doirasidagi Namangan viloyat bosqichi musobaqalari yakuniga yetdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin – Yangiqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti jamoasiga;
2-o‘rin – To‘raqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti jamoasiga;
3-o‘rin – Kosonsoy tuman elektr ta’minoti jamoasiga nasib yetdi.
Musobaqa g‘olibi Yangiqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti jamoasi maxsus sovg‘alar bilan bir qatorda, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Boshqaruvi raisi tomonidan taqdim etilgan elektromobil maxsus xizmat avtomashinasi bilan ham taqdirlandi.

Mazkur ko‘rik-tanlov xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya etish madaniyatini mustahkamlash, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda xavfsiz mehnat muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.