MAHALLALARDAGI YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMI DOIRASIDA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
Avval xabar qilinganidek, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining 2026-yil 28-yanvardagi 1-son yig‘ilishi bayoniga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ qaramog‘iga Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi bir qator yoshlar biriktirilgan edi.

Joriy yil boshidan buyon mazkur yoshlarga biriktirilgan ishchi guruh tomonidan ular bilan bevosita uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilib, taklif hamda muammolari atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqib, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Jamiyat tomonidan zarur texnika vositalari hamda maishiy jihozlar topshirib kelinmoqda.
Bugun ham “Yoshlar kuni” munosabati bilan bekobodlik bir guruh yoshlarga o‘z hayot yo‘lini topishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishi va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish maqsadida zarur texnika va jihozlar topshirildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning muammolarini hal etish, salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.