ALOQA UCHUN

"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘LIB O‘TDI

"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘LIB O‘TDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi Yoshlar forumi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bahsda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar orasidan shakllantirilgan 14 ta jamoa o‘z bilim va tafakkur salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

Qiziqarli va murosasiz kechayotgan bellashuvlarda ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoaviy hamkorlik borasidagi ko‘nikmalarini namoyon etishdi.

Intellektual bahslar yoshlar o‘rtasida bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

  • 19.06.2026
  • 11
Sayt xaritasi