ALOQA UCHUN

URGUTDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Mazkur shtablarga energetika tizimi tashkilotlari rahbarlari biriktirilib, joylarda infratuzilmani modernizatsiya qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda elektr tarmoqlaridagi texnik yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi S. Isakulov rahbarligida Urgut tumanida ham maxsus shtab faoliyat yuritib, hududdagi elektr ta’minoti holati o‘rganilmoqda.

Xususan, tumanning O‘rtaguzar, Murodqishloq hamda Tinchlik mahallalaridagi transformator punktlarida olib borilayotgan ta'mirlash va tarmoqlarni yangilash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

  • 03.08.2026
  • 24
Sayt xaritasi