ALOQA UCHUN

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hurmatli aksiyadori!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hurmatli  aksiyadori!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ushbu bilan 2026-yil 2-mart kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Osiyo kо‘chasi, 8-uy manzilida Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi о‘tkazilishi tо‘g‘risida xabardor qiladi.

Aksiyadorlarni (ularning vakillarini) rо‘yhatga olish soat 10:30 dan – 11:00 gacha amalga oshiriladi.

Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi soat 11-00 da boshlanadi.

Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan:

- Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini о‘tkazilishi tо‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2026-yil 6-fevral etib belgilangan.

- Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2026-yil 24-fevral etib belgilangan.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi:

         1.  Yig‘ilish reglamenti va sanoq komissiyasini tasdiqlash.

         2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ kuzatuv kengashi amaldagi tarkibi vakolatlarini muddatidan oldin tugatish.

         3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash.

         4. Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bilan shartnoma tuzishni tasdiqlash.

         5. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbarlari faoliyatining 2026-yil uchun eng muhim samaradorlik kо‘rsatkichlari (KPI)ni tasdiqlash.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bо‘yicha tо‘liq ma’lumot va hujjatlar bilan Toshkent shahri, Osiyo kо‘chasi, 8-uy manzilida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ma’muriy binosida haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha tanishish mumkin  yoki (78) 150-73-45 telefoni orqali murojaat qilish mumkin.

 Veb sayt https://www.het.uz/, el.pochta info@het.uz .

 

  • 06.02.2026
  • 20
Sayt xaritasi