“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Sirdaryo bо‘linmasi boshlig‘i lavozimiga ishga taklif etadi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Sirdaryo bо‘linmasi boshlig‘i lavozimiga quyidagi talablarga javob beradigan nomzod doimiy ishga qabul qilinadi.
Nomzodga qо‘yiladigan malakaviy talablar:
- Oliy ma’lumotga ega bо‘lish (diplom mutaxassisligi bо‘yicha: texnik yoki iqtisodchi, moliya va kredit, buxgalteriya va hisob);
- Barcha turdagi energiya ta’minoti tо‘g‘risidagi hamda energiya ta’minoti va moliya masalalariga taalluqli о‘zga turdagi shartnomalar bо‘yicha xо‘jalik yurituvchi subyektlar bilan jamiyat nomidan hisob-kitoblar qilish, iste’molchilar bilan elektr energiyasi sotish bо‘yicha solishtirish dalolatnomalari, energiya sotish bо‘yicha idoraviy hujjatlarini imzolash, e’tiroznomalar bildirish;
- Bо‘linma manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga, maxalliy hokimiyat, davlat boshqaruvi va prokuratura idoralariga murojaat qilish, shikoyatlar kiritish;
- Taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatnomalarga asosan huquqni muhofaza qilish organlarida, muassasalar, tashkilot va korxonalarda “Energosavdo” filiali vakili sifatida qatnashish.
Nomzoddan quyidagilar talab etiladi:
- Elektr energiyasini shartnoma asosida yagona sotuvchidan sotib olish va yakuniy iste’molchilarga sotishni tashkil etish, iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun muddati о‘tgan qarzlarni undirish va hisob-kitob qilish ishlarini tashkil etish;
- Elektr energiyasi iste’molchilari bilan ishlarni tashkillashtirish va о‘zaro samarali munosabatlarni ta’minlash va nazorat qilish;
- Elektr energiyasini sotish sohasida meyoriy-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishi yuzasidan monitoringlar о‘tkazish;
- Elektr energiyasini yetkazib berish, iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun muddati о‘tgan qarzdorlikni undirish va hisob-kitob qilish tizimini rivojlantirish, yangi usullarni tadbiq qilish, samaradorlikni oshirish, moddiy, moliyaviy va mehnat sarfini qisqartirish;
- Elektr energiyasi iste’molchilari bilan ishlarni tashkillashtirish va о‘zaro samarali munosabatlarni ta’minlash va nazorat qilish;
- Moliya, soliq, iqtisod bilan bog‘liq va boshqa sohalarda bо‘lim boshlig‘i lavozimiga 3 yildan kam bо‘lmagan ish tajribasi;
- Kompyuterda ishlashni mukammal bilish (Microsoft Office, Excel, Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
- Ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va о‘z ustida muntazam ishlash kо‘nikmalariga ega bо‘lish;
- Faoliyat bо‘yicha xizmat safarlariga tayyor bо‘lish;
- Rus tili hamda boshqa xorijiy tillarni mukammal bilishi yuqori baholanadi.
Ish haqi kelishilgan holda belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qо‘shimcha tо‘lovlar va ustamalar qо‘llaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.
Nomzodlar tomonidan hujjatlar (ma’lumotnoma (obyektivka) telefon raqami bilan, pasport va diplom nusxasi) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2025 yilning 13 may kuniga qadar yuborilishi lozim.
Tanlov haqida qо‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998-78-150-75-60.