ALOQA UCHUN

“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ogohlantiradi!

 Bugun ijtimoiy tarmoqlarda    “Uyma-uy yurib, hisoblagich о‘rnatish bо‘yicha shartnoma taklif qilayotganlar firibgarlar paydo bо‘ldi!”  mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Shu bilan bir qatorda mamlakatmizning  turli hududlarida aholi xonadonlariga kirib “Biz elektr tarmoqlari korxonasidanmiz, xonadoningizdagi elektr jihozlarini tekshirgani keldik”, deya elektr hisoblagich va boshqa elektr jihozlariga birrov qarab qо‘yib, majburiy tо‘lov undirib yurgan holatlar kо‘plab uchramoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati ushbu holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Bunday  korxonalar aslida mahallalarda yurib, aholiga о‘z xizmatini taklif etishi, xonadon egalari rozi bо‘lsa sо‘ng о‘sha xonadondagi elektr jihozlar va hisoblagichlarni kо‘rikdan о‘tkazishi, nosoz о‘rnatilganini sozlab berishi, sо‘ng bajargan ishiga xizmat haqi olish vakolatiga ega ekanligini yana bir bir bor eslatib о‘tamiz. 
 Elektr energiyasi iste’molchilari uchun eslatma sifatida shuni ta’kidlar edikki, bunday yakka tadbirkorlik subyektlari hamda xususiy korxonalarning “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy korxonalariga aloqasi yо‘q va ular bilan hech qanday shartnomaga ega emas.
Xabaringiz borki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi “О‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi tо‘g‘risida”gi PQ-4249-sonli qaroriga asosan elektr energiyani yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan.    “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiga elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya, shuningdek, mazkur obyektlarning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi 14 ta hududiy elektr tarmoqlaridan iboratdir.
 Hududiy elektr tarmoqlarining о‘z navbatida har bir tuman va shaharda elektr tarmoqlari korxonalari faoliyat yuritmoqda. Korxona xodimlari о‘z xizmat guvohnomalari va tegishli maxsus xizmat kiyimlariga ega.   
 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiya iste’molchilaridan xonadongizga tashrif buyurib, о‘zini elektr energiyasi korxonasi xodimi deb tanishtirgan shaxslardan xizmat guvohnomasini talab qilib tekshirgan holda muomilaga kirishishni sо‘raydi.

  • 15.04.2025
  • 133
Sayt xaritasi