ALOQA UCHUN

“QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBAALARI HISOBINI YURITISH” BO'LIMI XODIMLARI MALAKA OSHIRMOQDALAR

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi oldini olishni ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Quyoshli xonadon” dasturi bо‘yicha о‘z xonadonlariga muqobil energiya manbaalarini о‘rnatmoqchi bо‘lgan iste’molchilar soni oshib bormoqda. 

Dastur asosida belgilangan topshiriqlarni sifatli bajarish, alabatta, hududlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning malkasini oshirishni taqozo  etadi. Shu maqsadda bugun 11 fevral kunidan boshlab “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi”da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Energosavdo filialining “Qayta tiklanuvchi energiya manbaalari hisobini yuritish” bo'limi xodimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi. 

Barcha hududlardagi soha xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv kurslari davomida tiinglovchilar “Quyoshli xonadon” dasturi asosida aholi xonadonlariga o‘rnatilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbaalari hisobini yuritish,  “Soliq”mobil ilovasidan kelib tushayotgan arizalar tahlili va boshqa yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar.

Malaka oshirish darslarida tajribali ustoz va murabbiylar tinglovchilarga nazariy va amaliy ta’lim jarayonlarini uyg‘unlikda olib bormoqda.

  • 11.02.2025
  • 86
Sayt xaritasi