“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ichki audit xizmatiga xizmat boshlig‘i va auditor lavozimlariga quyidagi talablarga javob beradigan nomzod doimiy ishga qabul qilinadi:
1. Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar:
2. Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (diplom mutaxassisligi bo‘yicha: moliya va kredit, buxgalteriya va hisob);
3. Yirik davlat korxona faoliyat yuritayotgan sohada ichki audit, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘liq bir yoki bir nechta bo‘limlarda yoki tashqi auditor lavozimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lish. Nomzod auditorlik faoliyati sohasida kamida besh yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
4. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
5. Tavakkalchilikka asoslangan ichki audit tamoyillariga ega bo‘lish;
6. Xizmat safariga tayyor bo‘lish;
7. Komplayens-tavakkalchilikka boshqarish nazariyasini bilish;
8. “Katta to‘rtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalarida ish tajribasiga ega bo‘lish hamda “ACCA”, “CFA”, “CPA”, “CIA”, “CIPA”, “DipIFR”, “CRM” yoki “FRM” sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga afzalliklar beriladi.
Nomzoddan quyidagilar talab etiladi:
- ichki audit xizmatining kuzatuv kengashi oldidagi hisobdorligi hamda ijro etuvchi organdan mustaqilligini ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish;
- bir oy muddatda amaldagi xalqaro standartlarga muvofiq tavakkalchilikka asoslangan ichki auditga o‘tish rejasini ishlab chiqish va kuzatuv kengashiga taqdim etish;
- korxona faoliyatidagi manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvini minimallashtirish uchun ichki hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- tavakkalchilikni boshqarish va komplayens bo‘limlari hamda boshqa tarkibiy bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
- aksiyadorlar bilan birgalikda xos biznes jarayonlarni va risklarni aniqlash, tahlil qilish va baholash;
- samarali ichki nazoratni tashkil eish bo‘yicha rahbariyatga maslahat berish.
Nomzodlar tomonidan hujjatlar (ma’lumotnoma (obyektivka) telefon raqami bilan, pasport va diplom nusxasi) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2025-yilning 26-yanvar kuniga qadar yuborilishi lozim.
Tanlov haqida qо‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998-78-150-75-60.