ALOQA UCHUN

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xizmatiga bosh mutaxassis va etakchi muhandis lavozimlariga quyidagi talablarga javob beradigan nomzod doimiy ishga qabul qilinadi:

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xizmatiga bosh mutaxassis va etakchi muhandis lavozimlariga quyidagi talablarga javob beradigan nomzod doimiy ishga qabul qilinadi:

1. Mutaxassis lavozimiga oliy texnik, muhandis–energetik ta’limiga ega bо‘lishi;

2. Muhandis-texnik lavozimlarda kamida 5 yil amaliy faoliyatiga, elektr xavfsizligi bо‘yicha 1V-V-guruhga ega bо‘lishi;

3. “Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”, “Elektr qurilmalarini tuzilish qoidalari”, “Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish qoidalari”, О‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muxofaza qilish tо‘g‘risidagi qonuni”, “Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qо‘llash va sinash qoidalari”, “Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizlik qoidalari”, “Birinchi yordam kо‘rsatish qoidalari” bо‘yicha bazaviy bilimga ega bо‘lishi;

4. Kompyuterning Microsoft Office (Word, Excel, Power Point)  dasturlarida ishlashni bilishi;

5. Jamiyatni tarkibiy bо‘linmalarining ekspluatatsion faoliyatini texnik nuqtai nazaridan taxlil qilishni va aks ettirishni bilishi;

6. О‘zbek va rus tillarini bilishi, ushbu tillarda xat-hujjatlar tayyorlashni va ishlashni bilishi;

7. Mehnatni muhofaza qilish sohasi bо‘yicha sertifikatga ega bо‘lishi;

8. 35-110 kV uskunalarda va tarmoqlarda  texnologik buzilishlarni Nizom asosida texnik tekshirishdan о‘tkazishni  va dalolatnomasini tuzishni bilishi;

9. Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshiruvdan о‘tkazishni va N-1 dalolatnomasini tuzishni bilishi lozim.

Nomzodlar tomonidan hujjatlar (ma’lumotnoma (obyektivka) telefon raqami bilan, pasport va diplom nusxasi) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2025-yilning 26-yanvar kuniga qadar yuborilishi lozim.

Tanlov haqida qо‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998-78-150-75-60.

  • 16.01.2025
  • 96
Sayt xaritasi