ENDILIKDA ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZISH BILAN BOG‘LIQ HUQUQBUZARLIK DALOLATNOMALARI ELEKTRON SHAKLDA RASMIYLASHTIRILADI
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “E-dalolatnoma” tizimi joriy qilindi.
Mazkur tizim elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkonini beradi. Bu esa iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi boyicha sodir etilgan huquqbuzarliklar faqat elektron ko’rinishida yuritilishi amaliyotga joriy qilindi.
Tizimning joriy etilishi energetika tizimida kuzatiladigan korrupsiyaviy holatlarni yuqotish bilan birga dalolatnomalarni tezkor shakllantirish, qog'oz hujjatlar aylanmasidan voz kechish, nazorat jarayonlarini kuchaytirish imkoniyatlarni yaratadi.