Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (“Hukumat”), Iqtisodiyot va moliya vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (“HET AJ”) orqali Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va xususiy sektor boshqaruviga berish loyihasini (“Loyiha”) amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Loyiha Samarqand viloyatida past kuchlanishli taqsimlash tarmoqlari infratuzilmasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, boshqarish, texnik xizmat koʻrsatish va uzatishni o‘z ichiga oladi. Loyiha konsepsiyasi Hukumat tomonidan 2024-yil 28-oktabrda tasdiqlandi.
Jahon banki guruhining aʼzosi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Hukumat tomonidan xususiy sherikni tanlashga yordam berish uchun Loyihaning bosh maslahatchisi sifatida jalb qilingan. Loyihaning texnik va yuridik maslahatchilari “MRC Türkiye”, “Deloitte”, “White & Case” va “Centil Law” hisoblanadi.
Hukumat tenderda gʻolib boʻlgan ishtirokchini tanlov asosida tanlash va uzoq muddatli DXSh bitimini imzolashni rejalashtirmoqda. Tender DXSh toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda xususiy kompaniyalar dastlabki malakalashdan oʻtish uchun hujjatlari topshiradi. Ikkinchi bosqichda dastlabki saralashdan oʻtgan kompaniyalar Loyiha boʻyicha texnik va moliyaviy takliflarini taqdim etadilar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini taqsimlash bo‘yicha DXSh loyihalarida tajribaga ega boʻlgan barcha qiziqqan tomonlarni 2025-yil 17-yanvar kuni, soat 18:00 ga qadar dastlabki malakani saralash bosqichi uchun hujjatlarini topshirishga taklif etadi.
Ariza topshirish boʻyicha koʻrsatmalar va malaka talablari haqida batafsil maʼlumot olish uchun dastlabki malaka soʻrov (RFQ) hujjatiga murojaat qiling. RFQ hujjati ushbu sahifaning oxirida ilova qilinadi va soʻrov boʻyicha ham joʻnatilishi mumkin.
Loyiha maʼlumotlar xonasiga kirish (VDR), dastlabki malaka hujjatlarini topshirish hamda Loyiha va RFQ boʻyicha har qanday aniqlik kiritish uchun quyidagi aloqa maʼlumotlari orqali HET AJ va XMK bilan bogʻlaning
IFC – Loyihaning yetakchi maslahatchisi - SamarkandDSO@ifc.org
Telefon raqami: Telefon: (78)150-11-54, (78)150-73-39