Bu xususida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev hamda «Azerishig» OAJ raisi Vugar Axmedov ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv hamda kompaniyalar o‘rtasida imzolangan o‘zaro Anglashuv memorandum doirasida kelishib olindi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida tobora rivojlanib borayotgan o‘zaro siyosiy va iqtisodiy aloqalar fonida yuqori tajribaga ega ikki kompaniya o‘rtasida tajriba almashish hamda hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish ayni muddao ekanligini qayd etishdi.
Xususan, janob Vugar Axmedov “Hududiy elektr tarmoqlari” Ajning “Elektr energiyasi sotishni avtomatlashtirish markazi” filialiga tashrifi chog‘ida respublikamiz bo‘ylab joriy etilgan elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish tizimi bilan yaqindan tanishib, mazkur tizimni Ozarbayjonda tajriba tariqasida sinab ko‘rish niyati borligini bildirdi. Va bu borada “Hududiy elektr tarmoqlari” Ajning o‘ziga xos tajribasini yuqori baholagan holda, loyihada o‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirokidan mamnun bo‘lishini ta’kidlab о‘tdi.
O‘z navbatida, “Hududiy elektr tarmoqlari” Aj Boshqaruv raisi delegatsiya a’zolarining O‘zbekistonga tashrifidan hursandligini alohida ta’kidlab, kelgusida kompaniyalar o‘rtasida yangi tarmoqlarni qurish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishda o‘zaro tajriba almashinish hamda to‘lov tizimi bilan bog‘liq masalalarda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini qayd etib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlar о‘rtasida zarur jihozlarni ishlab chiqarishda o‘zaro tajriba almashinish, sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etishda o‘zaro hamkorlik qilish xususida muzokoralar olib borildi.