“Toshkent elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash hamda 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning qator hududlaridagi mavjud elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini mukammal taʼmirdan chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yangihayot tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan hududdagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan taminlovchi transformator punktida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur amaliy ishlar natijasida 200 ga yaqin aholi isteʼmolchilarining elektr taʼminoti tubdan yanada yaxshilanishiga hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi.