Joriy yil 21-24 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Samara shahrida "Rossiya va О‘zbekiston energetik kompleksi uchun Elektroshit Samara tomonidan ishlab chiqarilayotgan uskunalarning ishonchliligini oshirish" mavzuida an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya о‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari D. Nosirov, "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ bosh direktori A. Saydaliyev hamda Energetika vazirligi tasarrufidagi qator korxonalar rahbarlaridan tashkil topgan delegatsiya a’zolari "Elektr taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ishonchliligini oshirish" mavzuida boshlangan konferensiyada ishtirok etmoqdalar. Bu yerda energetika sohasidagi modernizatsiya jarayonlarida bugungi kundagi eng ilg‘or, sifatli va albatta yuqori samaradorlikka ega elektr qurilmalarini joriy etish hamda foydalanish kabi mavzular muhokama etilishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joizki, mazkur konferensiyada 50 dan ortiq Rossiya Federatsiyasining yetakchi kompaniyalari hamda 300 nafardan ortiq ekspertlar qatnashmoqda.