ALOQA UCHUN

Korrupsiyaning oldini olishda qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash muhim masala 

Korrupsiyaning oldini olishda qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash muhim masala 

Kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialining katta majlislar zalida o‘tkazilgan korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda hududlarda Davlat dasturlarining bajarilishi bo’yicha navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash  borasida olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolarning mohiyatiga alohida urg‘u berildi.

Tadbirda ishtirok etgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, viloyati prokuraturasi mas’ullari hamda  huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, mehnat jamoasida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, nazorat tadbirlari va amaliy harakatlarga qaramasdan tizimda korrupsion holatlarning uchrab turganligi tanqid qilinib, soha xodimlari ogohlikka chaqirildi.

Yig’ilish yakunida kun tartibida baelgilangan barcha masalalar yuzasidan bo’lim va xizmat boshliqlarining fikri eshitilib, atroflicha muhokama qilindi va  yig’ilish qarori qabul  qilindi.

  • 15.05.2024
  • 827
Sayt xaritasi