ALOQA UCHUN

Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Tojikiston Respublikasi Energetika va suv manbalari vaziri boshchiligida delegatsiya bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda  Tojikiston Respublikasi Energetika va suv manbalari vaziri boshchiligida delegatsiya bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi
 

Bugun, 27 mart kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bо‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Energetika va suv manbalari vaziri Daler Juma boshchiligidagi delegatsiya hamda Jamiyat rahbariyati ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Uchrashuv avvalida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev mehmonlarga jamiyat tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT) joriy etilishi orqali erishilgan natijalar, past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilashda zarur qurilma va jihozlarni mahalliylashtirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar xususida batafsil tо‘xtalib о‘tdi.

О‘z navbatida, vazir ham qо‘shni davlatda elektr energiyasi ta’minoti sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida tо‘xtalib, О‘zbekistonda joriy etilgan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT) borasida qiziqishi katta ekanligini bildirdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar mamlakatimizda energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan, past kuchlanishli elektr tarmoqlari ekspluatatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan loyihalar xususida о‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Shuningdek, tashrif mobaynida mehmonlar “Elektr energiyasi sotishni avtomatlashtirish markazi” filiali  faoliyati bilan yaqindan tanishib, uning imkoniyatlarini yuqori baholadilar.

  • 27.03.2024
  • 802
Sayt xaritasi