«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BО‘SH ISH О‘RINLARIGA TAKLIF ETADI
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ “Transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish ofisi”, “Metodologiya va standartlashtirish boshqarmasi”dagi mavjud lavozimlarga quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar doimiy ishga qabul qilinadi:
Ekspluatatsiya jarayonlarida tashabbusli loyihalarni amalga oshirish bо’yicha ofis menedjeri
1. Oliy ma’lumotli (texnik, iqtisodiy), lavozim yо’nalishi va funksional vazifalariga mos keluvchi bilim va kо’nikmalarga ega bо’lishi;
2. Elektr energetika sohasida kamida uch yillik ish stajiga ega bо’lishi;
3. Kompyuterning Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint, Outlook) dasturlarida ishlashni bilishi va internet tarmoqlaridan foydalanish boyicha amaliy bilimlarga ega bо’lishi;
4. Elektr tarmoqlarida va elektr xо’jalik obyektlarida ekspluatatsiya jarayonlarini tahlil qilish usullarini bilishi;
5. Jamiyatning rejalashtirish ishlarini tashkil etishni bilishi;
6. Elektr energetikasi sohasini isloh qilish hamda transformatsiya jarayonlarini olib borish, xо’jalik va tashkiliy jarayonlarni monitoring qilish bо’yicha tushuncha va malakaga ega bо’lishi;
7. Jamiyatning ishlab chiqarish va xо’jalik faoliyatini yillik va ijtimoiy rivojlantirish, mahsulot va xizmat kо’rsatish sifatini oshirish bо’yicha istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishni bilishi;
8. Mahalliy va xalqaro tajribalar asosida Jamiyatda ekspluatatsiya jaryonlarni rivojlantirish modellari va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish kо’nikmalariga ega bо’lishi;
9. О’zbek va rus tillarini bilishi (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi) va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi;
10. Sohaga oid bо’lgan normativ huquqiy hujjatlarni tuzish, bayon qilish va halqaro standartlar bilan ishlash bо’yicha tushunchaga ega bо’lishi;
11. О’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan oxirgi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy о’zgarishlar tо’g’risida tushunchaga ega bо’lishi.
Elektr tarmoqlarida kapital qurilish jarayonlarida tashabbusli loyihalarni amalga oshirish bо’yicha ofis menedjeri
1. Oliy ma’lumotli (texnik, iqtisodiy), lavozim yо’nalishi va funksional vazifalariga mos keluvchi bilim va kо’nikmalarga ega bо’lishi;
2. Elektr energetika va qurilish sohasida kamida uch yillik ish stajiga ega bо’lishi;
3. Kompyuterning Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint, Outlook) dasturlarida ishlashni bilishi va internet tarmoqlaridan foydalanish boyicha amaliy bilimlarga ega bо’lishi;
4. Elektr tarmoqlarida va elektr xо’jalik obyektlarida qurilish va ta’mirlash jarayonlarini tahlil qilish usullarini bilishi;
5. Jamiyatning rejalashtirish ishlarini tashkil etishni bilishi;
6. Elektr energetikasida qurilish sohasini isloh qilish hamda transformatsiya jarayonlarini olib borish, xо’jalik va tashkiliy jarayonlarni monitoring qilish bо’yicha tushuncha va malakaga ega bо’lishi;
7. Xorijiy elektr energetika korxonalarining elektr tarmoqlari, podstansiyalar va h.kz energoobyektlarini qurilishi bо’yicha ilg’or tajribalarni bilishi;
8. Jamiyatning ishlab chiqarish va xо’jalik faoliyatini yillik va ijtimoiy rivojlantirish, mahsulot va xizmat kо’rsatish sifatini oshirish bо’yicha istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishni bilishi;
9. О’zbek va rus tillarini bilishi (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi) va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi;
10. Sohaga oid bо’lgan normativ huquqiy hujjatlarni tuzish, bayon qilish va xalqaro standartlar bilan ishlash bо’yicha tushunchaga ega bо’lishi;
11. О’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan oxirgi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy о’zgarishlar tо’g’risida tushunchaga ega bо’lishi.
Raqamlashtirish jarayonlarida tashabbusli loyihalarni amalga oshirish bо’yicha ofis menedjeri
1. Oliy ma’lumotli (texnik, iqtisodiy), lavozim yо’nalishi va funksional vazifalariga mos keluvchi bilim va kо’nikmalarga ega bо’lishi;
2. Soha yо’nalishlarida kamida uch yillik ish stajiga ega bо’lishi;
3. Kompyuterning Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint, Outlook) va boshqa dasturlarida ishlashni bilishi va internet tarmoqlaridan foydalanish bо’yicha amaliy bilimlarga ega bо’lishi;
4. Jamiyatning tarkibiy bо’linmalari faoliyatini umumiy nuqtai nazardan tahlil qilish usullarini bilishi, raqamlashtirish jarayonlarini amalga oshirish bо’yicha bilim va kо’nikmalarga ega bо’lishi;
5. Jamiyatning rejalashtirish ishlarini tashkil etishni bilishi;
6. Elektr energetikasi sohasini isloh qilish hamda raqamlashtirish jarayonlarini olib borish, xо’jalik va tashkiliy jarayonlarni monitoring qilish bо’yicha tushuncha va malakaga ega bо’lishi;
7. Elektr energetika sohasida raqamlashtirish jarayonining bir qismi sifatida korxona aktivlarni boshqarish usullari va tushunchalariga ega bо’lishi;
8. Jamiyatning ishlab chiqarish va xо’jalik faoliyatini yillik va ijtimoiy rivojlantirish, raqamlashtirish, mahsulot va xizmat kо’rsatish sifatini oshirish bо’yicha istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishni bilishi;
9. О’zbek va rus tillarini bilishi (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi) va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi;
10. Sohaga oid bо’lgan normativ huquqiy hujjatlarni tuzish, bayon qilish va xalqaro standartlar bilan ishlash bо’yicha tushunchaga ega bо’lishi;
11. О’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan oxirgi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy о’zgarishlar tо’g’risida tushunchaga ega bо’lishi.
Metodologiya va standartlashtirish boshqarmasi
Etakchi mutaxassis
1. Oliy texnik ma’lumotli, lavozim yо’nalishi va funksional vazifalariga mos keluvchi bilim va kо’nikmalarga ega bо’lishi;
2. Energetika yо’nalishlarida kamida 3 (uch) yillik ish stajiga ega bо’lishi;
3. Kompyuterning Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint, Outlook) va boshqa dasturlarida ishlashni bilishi va internet tarmoqlaridan foydalanish bо’yicha amaliy bilimlarga ega bо’lishi;
4. Elektr energetika sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlari, jumladan:
- О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari;
- Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari;
- Elektr uskunalarning tuzilish qoidalari;
- Energetika tashkilotlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari;
- Elektr tarmog‘i xо‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari;
- Elektr qurilmalarini sinash qoidalari;
- Qurilish normalari;
- Shaharsozlik normalari;
- Ekologik normalari;
- “Sanoatgeokontexnazorat” inspeksiyasining me’yoriy hujjatlari;
- 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalariga texnik xizmat kо‘rsatish hamda ekspluatatsiya qilish bо‘yicha ko’nikmaga ega bo’lishi;
- “О‘zenergoinspeksiya” tomonidan о‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan havo elektr uzatish tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bilishi;
5. “Hududiy elektr tarmoqlari”AJning obyektlarida ekspluatatsiya qilinayotgan elektr uskunalarining turi, tuzilishi, о‘rnatilishi va texnik xususiyatlariga qо‘yiladigan talablari;
6. Ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda texnik jihatdan tartibga solish usullari va me’yorlari to’g’risidagi tushunchaga ega bo’lishi;
7. Standartlar turlari va klassifikatsiyasi, milliy, xalqaro (mintaqaviy) standartlarni va xorijiy mamlakatning standartlari nima va kimlar tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga kiritish tartibini bilishi;
8. О‘zbekiston Respublikasida amalda bо‘lgan energetika sohasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
9. О’zbek va chet tillarini bilishi (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi)
va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi;
10. Normativ huquqiy hujjatlarni tuzish, bayon qilish va texnik reglamentlar bilan ishlash bо’yicha tushunchaga ega bо’lishi;
Nomzodlar hujjatlarni info@het.uz elektron pochta manziliga 2024 yilning 11 mart kuniga qadar yuborilishi lozim.
Tanlov haqida qо’shimcha ma’lumotlar olish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari”AJning Xodimlar bilan ishlash boshqarmasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +998-78-150-75-60.