«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ
MARKAZIY APPARATIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TAKLIF ETADI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Markaziy apparatidagi Yuqori kuchlanishli tarmoqlar va podstansiyalar xizmati muhandis lavozimiga quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar doimiy ishga qabul qilinadi:
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- oliy ma’lumotli;
- sohada kamida 5 (besh) yil mehnat stajiga ega bo‘lishi;
- kompyuterning Microsoft Office (Word, Exsel, PowerPoint) dasturlarida ishlashni bilishi;
- Jamiyatning rejalashtirish ishlarini tashkil etishni bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan sohaga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
- elektr energetika sohasidagi meyoriy-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda texnik jihatdan tartibga solish usullarini bilishi;
- Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini texnik nuqtai nazardan tahlil qilish usullarini bilishi;
- tarmoq va podstansiyalarning ishlashi va ularning faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tuzish tartibini bilishi;
- o‘zbek va rus tillarini bilishi va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi;
- O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan oxirgi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o‘zgarishlar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi.
Nomzodlar tomonidan hujjatlar (spravka-ma’lumotnoma telefon raqami bilan, pasport va diplom nusxasi) «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2024-yil 14-fevral kuniga qadar yuborilishi lozim.
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998-78-150-75-60.