ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ SAMARQAND HUDUDIY FILIALI MUTASADDILARI ISHTIROKIDA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Viloyat Matbuot uyida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “O‘tgan yilda qilingan ishlar va joriy yilgi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda filial direktori Umid Nazarov viloyatda o‘tgan yilda elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Bugungi kunda viloyatda 9120 85 nafar iste’molchiga 142 dona podstansiya, 12272 ta transformator punktlari va 29292,4 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.
Belgilangan dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha 2023-yil rejasiga asosan 1297,8 km. havo elektr uzatish tarmog‘i va 430 dona transformator punktlari va 25044 ta temir beton ustunlari o‘rnatildi.
Sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash maqsadida 23 ta kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarida 28 ta transformator punktlari va 97,8 km. elektr tarmoqlari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Aholi va ulgurji iste’molchilarni uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlash maqsadida 2941,2 km. elektr uzatish tarmog‘i, 1174 dona transformator punkti va 13 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar mukammal ta’mirlangan bo‘lsa, 7012,8 km. elektr uzatish tarmog‘i va 129 ta podstansiyalar, 2102 dona transformator punktlari joriy ta’mirlandi.
Shuningdek, viloyat hududidagi podstansiyalarda yangi kuch transformatorlari, 15 ta podstansiyalarda katta quvvatli kuch transformatorlari o‘rnatildi. Buning natijasida 245 mingdan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilandi.
Anjuman doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda amalga oshirilgan ishlar xususida ham ma’lumot berib o‘tildi. Ta’kidlandiki, 812 ta ijtimoiy soha obyektlarida, 3250 ta aholi xonadonlarida, 23 ta ko‘p qavatli uylarda va 370 ta tadbirkorlik subyektlarida fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi.

“Taraqqiyot-2030” strategiyasidan kelib chiqib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan 2024-2030-yillarda viloyatda 33 dona podstansiya, 2810 ta transformator va 8703,9 km. elektr tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Jumladan, 2024-yilda 2 dona podstansiya va 217 dona transformator punkti o‘rnatilib, 560,3 km. elektr uzatish tarmoqlari yangidan quriladi.
Shuningdek, 10 dona podstansiya, 1197 ta transformator, 3003,9 km. elektr uzatish tarmoqlarini mukammal hamda 132 dona podstansiya, 1988 ta transformator, 7021,9 km. elektr uzatish tarmoqlarini joriy ta’mirlash ishlari bajariladi.
Tadbirda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

  • 10.01.2024
  • 4055
Sayt xaritasi