ALOQA UCHUN

ENERGETIKLAR MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI

ENERGETIKLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Bugun, 22-dekabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishdek mas’uliyatli vazifani mashaqqat bilan tunu kun ado etayotgan bir guruh kasb fidoyilarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bо‘lib о‘tdi. 

Tadbirda Jamiyat rahbariyati sо‘zga chiqib, energetiklarimizni shukuhli bayram bilan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, ishlariga rivoj va muvaffaqiyatlar tilashdi.

Ta’kidlanganidek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan  joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kо‘rish, xususan respublikamiz bо‘ylab past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish bо‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Olib borilgan bunday amaliy harakatlar natijasida joylarda elektr energiyasi yetkazib berish sifati birmuncha yaxshilandi. Ayniqsa, hozirgi qish oylarida tizimda 24 soatlik ish rejimiga о‘tilgani, “Tezkor dispetcherlik shtabi”, aholi murojaatlarini tunu kun qabul qilish hamda tezkor hal etish bо‘yicha tizimli ishlar bajarilayotgani xalqimiz turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.

Ana shunday jarayonlarda belgilangan vazifalarni ma’suliyat va tajribaga suyangan holda sidqidildan bajarishga harakat qilayotgan hamkasblarimiz mehnatini e’tirof etish, shu bilan birga xalqaro "HADRUT-2023"  musobaqasi g'olibi bо‘lgan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasini taqdirlash maqsadida tashkil etilgan bugungi tadbirda bir guruh energetiklarimiz О‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Jamiyat rahbariyati nomidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Bu kabi bayram tadbirlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning barcha filiallarida kо‘tarinki ruh va kayfiyatda о‘tkazilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

  • 22.12.2023
  • 2151
Sayt xaritasi